"Arsenal" David Luisga taklif tayyorlamoqda

19 dek 2017, 14:53
Londonning "Arsenal" klubi o'z safiga "Chelsi" himoyachisi David Luisni qo'shib olmoqchi.

"Kanorirlar" himoyachini sotib olish uchun 30 million funtlik shartnoma tayyorlamoqda. Venger braziliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan transfer oynasi vaqtida sotib olmoqchi. Eslatib o'tamiz, David Luis "Chelsi" tarkibida maydonga tushmayapti. Himoyachi oktyabrdan beri APL o'yinlarida ishtirok etmayapti. Bunga bosh murabbiy Antonio Konte bilan kelishmovchilik sabab bo'lgan.



Manba: footballhd.ru