"Arsenal" darvozaboni bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
2 fev 2024
Islandiya terma jamoasi darvozaboni Runar Runarsson Londonning "Arsenal" jamoasini rasman tark etdi.

Bu haqda "kanonirlar" matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.



Xayrlashuv darvozabon Chempionship klubi "Kardiff Siti"da ijarada o'ynab qaytganidan keyin sodir bo'ldi. Endi u erkin agent.

Runarsson Shimoliy Londonga 2020 yilda Fransiyaning "Dijon" jamoasidan kelib qo'shilgandi. U "Arsenal" safida barcha musobaqalarda bor-yo'g'i 6 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 7 ta gol o'tkazib yuborgan.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com