"Arsenal" Chex o'rniga Angliya terma jamoasi posbonini olib kelishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2017, 17:43
"Stok Siti" darvozaboni Jek Batlend "Arsenal"ga o'tishi mumkin.

Londonliklar 35 yoshli Petr Chex o'rniga 24 yoshli Angliya terma jamoasi posbonini olib kelishmoqchi.

Avvaliga "Arsenal" "Sanderlend" posboni Jordan Pikfordga e'tibor qaratgan edi, ammo u "Everton" futbolchisiga aylandi. "To'pchilar" Aleksis Sanches va Mesut Ozilning taqdiri hal bo'lganidan so'ng, Batlendga e'tibor qaratishadi.

O'tgan mavsum Batlend jarohat tufayli APLning 5 ta uchrashuvida ishtirok etdi. "Stok Siti" va posbon o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozigacha belgilangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bleacher Report