"Arsenal" Chempionlar Ligasi tarixida klub rekordini yangiladi

Khoja
21 yanv 2026
"Arsenal" 2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-turida "Inter"ni 3:1 hisobida mag'lub etib, klub rekordini yangiladi.

Squawka ma'lumotiga ko'ra, "kanonirlar" o'z tarixida birinchi marta Chempionlar Ligasida ketma-ket etti o'yinda g'alaba qozonishdi. Bu o'yinlardagi umumiy gol farqi - 20:2.

Eslatib o'tamiz, "Inter" bilan uchrashuvdan oldin "Arsenal" Chempionlar Ligasida "Atletik" (2:0), "Olimpiakos" (2:0), "Atletiko" (4:0), Chexiyaning "Slaviya"si (3:0), "Bavariya" (3:1) va "Bryugge" (3:0) jamoalarini mag'lub etgandi. "Arsenal" 21 ochko bilan Chempionlar Ligasi jadvalida yetakchilik qilmoqda. Ushbu o'yindan so'ng "Inter" 12 ochko bilan to'qqizinchi o'rinni egalladi.


KhojaMuallif
Manba: Squawka Football