"Arsenal" "Chelsi" bilan o'yin boshqa muddatga qoldirilganidan xafa

Sherzod Nurmatov
13 apr 2023, 11:19
Hammasi xavfsizlik tufayli qilingandi.

Xabaringiz bor, "Arsenal"ning Angliya Premer-ligasi 34-turidan o'rin olgan "Chelsi"ga qarshi uchrashuvi 29 apreldan 2 mayga ko'chirildi. O'yin London policiyasi iltimosiga ko'ra boshqa kunga surildi. Davlat xizmatchilari xavfsizlik va tartibni saqlash nuqtayi nazaridan shunday qarorga kelishgan.

"Biz ushbu taqvim o'zgarishi muxlislarimizga olib keladigan to'siqdan, ayniqsa, ushbu qaror dastlab o'yin shanba oqshomida o'tkazilishi maqullanganidan keyin qabul qilinganidan juda xafa bo'ldik", – deyiladi "Arsenal" bayonotida.

"Kanonirlar"ning navbatdagi o'yini 16 aprel kuni mehmonda "Vest Xem"ga qarshi o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com