"Arsenal" bilan shartnoma imzolash uchun futbolchi 5 klubga rad javobini berdi

Mirjalol Normatov
22 noya 2025
"Arsenal"ning yosh futbolchisi Maks Douman klub bilan uzoq yillik shartnoma imzolash uchun 5 klubga rad javobini berdi.

Hozirda 15 yosh bo'lgan Douman "Arsenal" bilan ilk professional shartnomasini 17 yoshida imzolashi mumkin.

Douman 2025 yil avgustida APLning 2-turida "Lids"ga qarshi o'yinda debyutini o'tkazgandi. O'shanda zaxiradan maydonga tushgan futbolchi penalti ishlab, Viktor Gekereshning gol urishiga sababchi bo'lgandi.

O'shanda Douman klub tarixidagi eng yosh futbolchiga aylangan.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira