"Arsenal" "Benfika" futbolchisini 8 million evro evaziga xarid qiladi

Alisher
3 iyul 2021, 11:02
"Benfika" himoyachisi Nunu Tavaresh faoliyatini APLda davom ettiradi.

Portugaliyalik futbolchi "Arsenal"ga o'tadi. Barcha hujjatlarga qo'l qo'yilgan, bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Shartnoma 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Tavareshning transferi "kanonirlar"ga bonuslarsiz 8 million evroga tushadi.

21 yoshli himoyachi "Benfika" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano