

Futbolchi "Barselona" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Shartnoma tayyor. Endilikda hammasi "Barselona"ning qaroriga bog'liq. "Arsenal" esa Belerin bilan shartnomani bekor qilishga shay turibdi.
Eslatib o'tamiz, Belerin aslida kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2013 yildan beri "Arsenal"da to'p tepib kelmoqda. Himoyachi o'tgan mavsumni "Betis"da ijarada o'tkazib, 32ta o'yinda maydonga tushdi.



