"Arsenal" Bekxemning o'g'li bilan shartnoma tuzishi mumkin

Narzulla Saydullayev
9 noya 2014, 10:30
"Arsenal" rahbariyati yoshlar jamoasiga Bruklin Bekxemni taklif qilmoqchi.
MYUning sobiq futbolchisining 15 yoshli o'g'li klub skautlarining e'tiborini tortdi. Klub Bruklin bilan keyingi yil yozda professional shartnoma tuzishlari mumkin.

Devid Bekxem o'tgan yil MYU mashg'ulotlariga olib kelgandi va "Yunayted" akademiyasiga bermoqchi bo'lgandi. Biroq Bruklin "Arsenal"ga muxlislik qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru