"Arsenal" "Barselona" tarbiyalanuvchisini jamoaga jalb qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
2 iyul 2022
"Kanonirlar" Alexandro Grimaldoga ko'z tikishmoqda.

"Record" xabariga ko'ra, "Arsenal" "Benfika" chap qanot himoyachisi Aleks Grimaldoga qiziqish bildirmoqda.

Agar "kanonirlar" Nunu Tavareshga ishonch bildirishmasa, "Barselona" akademiyasidan chiqqan ispaniyalik futbolchi Grimaldo Kiran Tirnining o'rinbosariga aylanishi mumkin.

Alohida aytish kerak, londonliklar Grimaldoni qo'lga kiritishga intilayotgan yagona klub emas, chunki "Nyukasl Yunayted" va "Yuventus" jiddiy raqobatchilar sifatida tilga olinmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Record