Arsenal Barselona futbolchisi uchun 40 million evro to'lashga tayyor

Khoja
1 apr 2025
Barselona yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

21 yoshli futbolchiga Arsenal jiddiy qiziqish bildirmoqda. To'pchilar futbolchining transferi uchun 40 million evro ajratishga tayyor.

Yarim himoyachi joriy mavsum Barselona safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 6 ta golli uzatma bor. Marksning Barselona bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt nashri futbolchini 30 million evroga baholamoqda.


KhojaMuallif
Manba: soccer.ru