“Arsenal” “Axmat”ga ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatni taqdim etdi

Aslanov Jasurbek
22 avg 2017
Tulaning “Arsenal” klubi Rossiya Premer-ligasining 7-turi doirasida Grozniyning “Axmat” jamoasi mehmoni bo'ldi.

“Axmat-Arena” stadionida o'tgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Bu bilan “Axmat” klubi chempionat bahslaridagi ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

Bugungi g'alabadan so'ng “Arsenal” klubi 7 ochko bilan turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. “Axmat” esa mag'lubiyatga qaramay, 9 ochko bilan 8-pog'onadan joy olgan. 




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: