"Arsenal" "Atletiko"ga bir necha taklif jo'natdi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2026
"Arsenal" "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresga qiziqish bildirmoqda.

"ESPN" ma'lumotiga ko'ra, "kanonirlar" rahbariyati hujumchini yaqinlashib kelayotgan yozda tarkibiga qo'shib olish variantlarini ko'rib chiqyapti. Shu boisdan "Atletiko"ga bir necha taklif jo'natgan.

Londonliklar sport direktori Andrea Berta 12 yil davomida faoliyat olib borgan "Atletiko" bilan mustahkam munosabatlarini saqlab qolgan. Shuningdek, u 2024 yilda Alvaresning "Manchester Siti"dan sotib olinishi ishlarini hal qilib bergan. Undan tashqari, futbolchining agent Fernando Idalgo bilan yaxshi kelisha oladi.

Xulianning "Atletiko"dagi tovon puli 500 million evroni tashkil qiladi. Agarda 100 million evrodan ko'proq taklif bo'lsa, "matraschilar" futbolchisini sotishi mumkin. Lekin undan kamiga futbolchi sotilmaydi.

Alvaresga "Barselona" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Biroq so'ralayotgan mablag' Kataloniya klubi uchun katta muammo.

Alvares ushbu mavsumda LaLiganing 20 o'yinida 7 gol urdi.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN