"Arsenal" "Atalanta" hujumchisiga e'tibor qaratdi

Omonjon To`xtamirzayev
28 noya 2024
Bergamoliklar forvardi Mateo Retegi faoliyatini Londonning "Arsenal" klubida davom ettirishi mumkin.

Hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida bo'lgan ""Arsenal" "Atalanta"da samarali o'yin ko'rsatayotgan Mateoni o'z safiga qo'shib olmoqchi. 

Italiyaliklar forvardining transferidan 45 mln evro ishlab olmoqchi.

Joriy mavsum Italiya termasi hujumchisi klub safida 19 o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 3 ta assist qayd etgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Calciomercato