"Arsenal" "Aston Villa" va "Fulxem" futbolchilariga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
19 dek 2023, 18:09
"Arsenal" Premer-ligada to'p tepadigan ikki futbolchiga qiziqish bildiryapti.

Bu haqda "Football Insider" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Angliya chempionati yetakchisi "Aston Villa" yarim himoyachisi Duglas Luisni 2024 yil uchun asosiy maqsadida sifatida belgilab olgan. "Sherlar" braziliyalik futbolchini 100 million funt sterlingga (116 million evro) sotishga tayyor. Shuningdek, "Arsenal" "Bavariya" da'vogarlik qilayotgan "Fulxem" yarim himoyachisi Joau Palinyaga qiziqmoqda.

Luis joriy mavsum "Aston Villa" safida 25 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Palinya ushbu mavsum "Fulxem" tarkibida 16 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan kelishuvi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali har ikki futbolchining narxini 55 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider