"Arsenal" "Aston Villa" a'zosiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
12 mar 2022, 22:20
"Aston Villa"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Karni Chukvuemeka faoliyatini obro'liroq klubda davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Londonning "Arsenal" jamoasi istiqbolli futbolchini qo'lga kiritmoqchi.

"Kanonirlar" yarim himoyachini kelasi yozda sotib olishmoqchi.

Chukvuemeka "Aston Villa" kattalar jamoasida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer qiymati 2,5 million evroni tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard