"Arsenal" Asensioga qiziqishni saqlab turibdi

Alisher
12 iyun 2022
"Real" forvardi Marko Asensio faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

26 yoshli ispan uchun "Arsenal" davogarlik qilmoqda.

London klubi "Real"da qolishni xohlayotgan o'yinchiga qiziqishni saqlab turibdi. Asensioning taqdiri keyingi hafta hal bo'ladi. Futbolchining shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Asensio o'tgan mavsum "Real" tarkibida 42ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mirror