"Arsenal" Artur Meloga shartnoma tayyorlamoqda

Alisher
22 mar 2022
"Arsenal" "Yuventus" yarim himoyachisi Artur Meloni yozgi transfer oynasida xarid qilmoqchi.

London klubi anchadan beri futbolchini kuzatmoqda va qishda uni ijaraga olmoqchi edi, ammo bitim amalga oshmadi.

Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushdi.

25 yoshli futbolchining italyan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato