"Arsenal" "Adana Demirspor" darvozabonini sotib olmoqchi bo'lgan

Omonjon To`xtamirzayev
31 yanv 2025
"Adana Demirspor" golkiperi Deniz Dyonmezer "Arsenal" qiziqishiga sabab bo'ldi.

Turk klubi sobiq vice-prezidenti Metin Korkmazning aytishicha, "kanonirlar" futbolchi uchun 3 million evro taklif qilishgan. Tomonlar kelishuvga erishgan taqdirda darvozabon bir yarim yil turk klubidagi ishtirokini davom ettirar va keyingina Londonga ko'chib o'tardi. Biroq "Adana Demirspor" aytilayotgan summani juda past deb baholab, taklifni rad etgan.

Korkmazning takidlashicha, ,bo'yi 1.90 metr bo'lgan Dyonmezerni Turkiyaning top-klublari ham kuzatib kelmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: metro.co.uk