"Arsenal" 15 millionlik transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2025
Kristian Moskera "Arsenal" futbolchisiga aylandi.

London klubi 21 yoshli himoyachining "Valensiya"dan transfer qilinganini tasdiqladi. Tomonlar uzoq muddatli shartnomaga qo'l qo'yishgan.

Futbolchining transfer summasi 15 million evroga baholangan, shuningdek, yana 5 million evro bonuslar tarzida vada qilingan.

O'tgan mavsumda Moskera LaLiganing 37 o'yinida qatnashgan va 1ta gol urgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: arsenal.com