"Arsenal" 1 iyuldan beri ilk bor o'z uyida to'p o'tkazib yubormadi

Alisher
30 okt 2020
"Arsenal" Yevropa Ligasi guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Dandolk" (3:0)ga qarshi o'yinda g'alaba qozondi.

Londonliklar deyarli 4 oydan beri ilk bor o'z uylarida to'p o'tkazib yubormadi, jamoa barcha musobaqalarda so'nggi 6ta o'yinning barchasida o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'lgandi.

"Arsenal" so'nggi bor o'tgan mavsum APL 32- doirasidagi "Norvich" (4:0)ga qarshi o'yinda to'p o'tkazib yubormagandi.

Qayd etish kerakki, Runar Runarsson "to'pchilar" safida "Dandolk"ga qarshi o'yinda debyut qildi.


AlisherMuallif
Manba: Squawka