Arsen Venger: "Menchester Siti" g'alabalariga Gvardiolaning aloqasi yo'q"

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2018
"Arsenal" ustozi Arsen Vengerning fikricha, "Manchester Siti" g'alabalari Xosep Gvardola emas, amalga oshirilgan transferlar tufayli.

Fransiyalik murabbiyning fikricha, bunday deyishga unda bir qancha sabablar bor.

– "Barselona"ga qarang, jamoa hamon Yevropaning eng kuchlisi hisoblanadi. Gvardola u erdan ketganiga olti yil bo'ldimi?, – deya Venger so'zlaridan iqtibos keltiradi VVS

– Futbol o'zgarib ketdi. Bazi klublar istagan o'yinchisini sotib olyapti. Murabbiy o'z uslubi, g'oyasiga ega bo'lishi mumkin, ammo ko'p narsani baribir maydondagilar hal qiladi. "Siti"ni mag'lub etish uchun biz o'ta yuqori darajadagi futbol ko'rsatishimiz zarur. Men raqibning kuchsiz chiziqlari haqida gapirishni istamayman. U erda juda ko'p jahon darajasidagi futbolchilar jam bo'lishgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru