Arsen Venger Mbappeni "Arsenal"ga taklif qilgani haqida esladi

Omonjon To`xtamirzayev
11 iyun 2024
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger o'z vaqtida "kanonirlar" safiga "Real" hujumchisi Kilian Mbappeni taklif qilishga uringanini yodga oldi.

"Men uning ota-onasi bilan uchrashgani borganman va ularni Londonga ko'chib o'tishga ko'ndirmoqchi bo'lganman. U paytlar Kilian juda sodda, kamtar bolakay edi. Faoliyatingni boshida senga u qadar jiddiy bosim bo'lmaydi, o'shanda uni shartnomasini uzaytirishga ko'ndira olishdi. Ular Mbappe "Monako"da o'zini "Arsenal", "Liverpul" va "Real"dagidan yaxshiroq his qilishini uqtirishdi. Hozir esa ota-onasi unga yaxshi maslahat berishdi va u to'g'ri qaror qabul qildi, deyish mumkin", - dedi Arsen Venger.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: theathletic.com