Arsen Venger: "Kavani va Falkao g'ayritabiiy kuchga egalar"

Tolibjon Qosimov
21 sen 2013, 17:00
"Arsenal" ustozi Arsen Venger ertaga bo'lib o'tadigan "PSJ" – "Monako" uchrashuvi oldidan Edinson Kavani va Radamel Falkaoni taqqosladi.
– Menimcha Kavani va Falkao o'rtasida farqlar juda kam, – deydi Venger Bein Sport nashriga. – Ularning ikkisi ham qandaydir g'ayritabiiy kuchga egalar. Kavani to'psiz ko'proq harakat qiladi. Falkao raqib jarima maydoni ichida ajoyib o'ynaydi, unda "jallod instinkti" kuchli. Menga ikkala hujumchi ham yoqadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru