

Mutaxassisning takidlashicha, jamoa bir nechta yulduzlarini tekinga qo'yvormoqda.
"Biz yangi futbolchilarni sotib olishimiz uchun avval kimnidir sotishimiz kerak. Afsuski, bazi o'yinchilarni tekinga yo'qotyapmiz. Bu yozda bizni katta sinov kutmoqda, ammo klub bunday model ishlashini avval ham isbotlagan.
Ko'p marta aytganimdek, kelajak porloq ko'rinmoqda, ayniqsa, bu yozda ketadigan kuchli futbolchilar o'rniga yangilarini taklif qila olsak. Biz hozirda o'tish davridamiz. Har qanday klubda muayyan futbolchilar bilan bog'liq cikllar bo'ladi. Jamoa bilan katta yutuqlarga erishganlarning ko'pchiligi allaqachon ketdi yoki ketmoqda.
Afsuski, bu erkin agent sifatida ham yuz bermoqda - Mo (Muhammad Saloh), Robbo (Endryu Robertson) bilan shunday bo'ladi, Trent bilan esa bu allaqachon yuz berib bo'ldi. Bilasizmi, bizning klub qayta xarajat qilish uchun avval mablag' qaytarishi kerak.
O'tgan mavsumda ham bu katta chaqiriq bo'lgan edi: biz 5-6 nafar yangi o'yinchi bilan shartnoma imzolash uchun 10-11 nafar futbolchini sotishga majbur bo'lgandik", - dedi Slot.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" joriy mavsumda YCHL chorak finalida "PSJ"ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. Endi mersisaydliklar bor e'tiborini tarkibni qayta qurishga va yangi mavsumga tayyorgarlikka qaratadi.



