Arnautovichning akasi MYU haqidagi xabarga izoh berdi

Eldor Akmurzayev
8 avg 2022
“Bolonya” hujumchisi Marko Arnautovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Uning akasi Daniel Arnautovich MYU tomonidan qiziqish bo'layotganini tasdiqladi.

Avvalroq, “qizil iblislar” Markoning transferiga 6-8 mln evro atrofida ajratmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.

“Bu rost, Markoga mashhur klubdan taklif bor. “Bolonya” bilan kelishuvga erisha olamizmi yoki yo'qligi bilish uchun doimo aloqadaman”, deya Daniel Arnautovichning so'zlaridan iqtibos keltiradi Fabricio Romano.

33 yoshli avstriyalik forvard o'tgan mavsum jamoa libosida 34 bahsda qatnashib, 15 ta gol urdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano