Argentinalik iqtidor tez orada "Manchester Siti" tarkibiga qo'shiladi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2025, 18:52
19 yoshli hujumkor yarim himoyachi Klaudio Echeverri shu hafta Angliyaga yo'l oladi.

Bu haqda italiyalik insayder Fabricio Romano xabar berdi.

U Argentina U-20 terma jamoasi o'yinidan keyin "shaharliklar" shanini himoya qilishga tayyor bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Echeverri 2024 yilning 25 yanvarida "Manchester Siti" bilan 4,5 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgan va 2025 yilning yanvarigacha o'z jamoasi "River Pleyt"da ijarada o'ynashi ma'lum qilingandi.

20 fevral kuni Pep Gvardiola shogirdlari Chempionlar Ligasi o'tish bochqichining javob o'yinida "Real"ga qarshi o'ynaydi. "Etixad" stadionida o'tgan ilk uchrashuvda "shaharliklar" 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano