

Ular joy olgan kortejni kuzatish va chempionlik paradini nishonlash uchun Buenos-Ayresda 4 mln.ga yaqin muxlis yig'ildi. Rejaga ko'ra, avtobus poytaxt timsoli hisoblangan Obeliskka kelishi kerak edi. Biroq, odam ko'pligi tufayli tiqilinch yuzaga keldi va yo'nalishni o'zgartirib, uni aylanib o'tishga to'g'ri keldi. Ammo bu ham foyda bermadi. Oqibatda futbolchilar va terma a'zolarini olib ketish uchun mamlakat prezidentiga murojaat qilinib, vertolyot chaqirtirildi.















