Lionel Messi O'zbekiston yoshlari bilan ko'rishdi. Muhammadali O'rinboev esa "jek"ni urdi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2024, 10:17
O'zbekiston U-20 terma jamoasi tunda Argentina U-20 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Mazkur bahs Argentina milliy terma jamoasi mashg'ulot bazasida o'tkazildi va uchrashuvni Lionel Messi bevosita maydon chetida tomosha qildi. O'yin tugagach Messi O'zbekiston U-20 terma jamoasi a'zolari bilan ko'rishib esdalik uchun suratga ham tushdi. 

Terma jamoamiz sardori Muhammadali O'rinboev esa o'z futbolkasiga dastxat ham qo'ydirib oldi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia