Areola PSJ bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirdi

PSJ klubi rasmiy sayti darvozabon Alfons Areola bilan shartnoma uzaytiriliganligini ma'lum qildi.

Futbolchining yangi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

“Men uchun faoliyatimni PSJda davom ettirish muhim edi. Bu klub mening yuragimdan joy olgan. Shu klubda o'sdim, yuqori darajamga chiqdim. PSJ menga oldimga katta vazifalarni qo'yish imkonini beradi. Ajoyib sheriklarim bilan bu vazifalarni uddalashga erishamiz. Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi natijasida biz klub tarixi zarvaraqlariga ajoyib xotiralarni yozamiz. Men jamoamga ishonaman va klubda esda qolarli lahzalarda birga bo'lishni istayman”, deydi Areola.

Klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Areola 2010 yildan buyon jamoaning asosiy tarkibida to'p tepib kelmoqda. Bu orada u “Lans”, “Bastiya” va “Vilyarreal” tarkibida ijara asosida to'p tepishga ulgurdi. Areola PSJ bilan ikki bor Fransiya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogida g'olib chiqdi.


Manba: ПСЖ расмий сайти