Arda Gyulerga Ispaniyaning o'zidan xaridor chiqdi

Omonjon To`xtamirzayev
4 apr 2024
"Real"ning turkiyalik legioneri Arda Gyuler yangi mavsum ham La Ligada qolishi mumkin.

Futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun boshqa klubga ijaraga berib yuborilishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Klub Ardaning kelajagi borligiga ishonadi, ammo u tezroq rivojlanishi uchun ko'proq o'ynashi kerakligini ham tushunib turibdi. Shu sababli, "Real" Gyulerni ijaraga berishi yoki qaytib sotib olish huquqi bilan sotib yuborishi ehtimoli yuqori. 

Kutilmaganda, futbolchiga La Liganing o'zidan xaridor topildi. "Real Sosedad" yangi mavsum Ardani ijaraga olmoqchi. Futbolchi joriy mavsum "Real" safida etti bor maydonga tushib, bitta gol urdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Экрем Конур Твиттери