Arda Azarning izdoshimi? Turkiyalik yana jarohat oldi

Nozimov Nig'monxo'ja
27 sen 2023
Real yarim himoyachisi Arda Gyuler yana jarohat oldi.

Insayder Fabricio Romanoga ko'ra, turkiyalik 18 yoshli futbolchi madridliklarning bugungi mashg'ulotlari yakunida mushaklaridan jarohat olgan.

Futbolchining 3 haftaga safdan chiqqani taxmin qilinmoqda. 

Ma'lumot uchun, Arda joriy mavsum madridliklar safida hali maydonga tushmagan. U mavsum oldi  jarohat olib, safga qaytishga yaqin edi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com