Arbeloa Peresni himoya qildi: "Hushtak chalayotganlar muxlislar emas, "Real"ning dushmanlari"

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2026
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa klub prezidenti Florentino Peresga nisbatan ayrim tomoshabinlar noroziligiga izoh berdi.

La Liganing 20-turida "Levante"ga qarshi uy o'yinida (2:0) "Santyago Bernabeu" tribunalarida klub rahbarining iste'fosini talab qilgan chaqiriqlar yangradi.

"Bu Florentinoni yoqtirmaydigan muxlislar emas. Bu "Real" Madridning o'zini xush ko'rmaydigan odamlar. 

Peres - klub tarixidagi asosiy figuralardan biri, "Santyago Bernabeu" bilan bir qatorda. Aynan u "Real"ni boshqarayotgani bizning omadimiz", – dedi Arbeloa.

Florentino Peres Madrid klubini uzoq yillardan beri boshqarib kelmoqda. U ilk bor 2000 yilda prezidentlik lavozimini egallagan, 2006 yilda uni tark etgan va 2009 yilda yana "qirollik klubi" rahbariyatiga qaytgan.

Qayd etilishicha, ayrim muxlislar noroziligi jamoaning so'nggi omadsizliklari bilan bog'liq. 14 yanvar kuni "Real" Ispaniya Kubogining 1/8 finalida "Albasete"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'lib, sensacion tarzda musobaqani tark etdi. Bir necha kun oldin, 11 yanvar kuni esa madridliklar principial raqibi - "Barselona"ga Ispaniya Superkubogi finalida 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es