Arbeloa: "Natija uchun javobgarlikni o'z zimmamga olaman"

Iskandarov Abdulaziz
29 yanv 2026
Madridliklar ustozi "Benfika"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa UEFA Chempionlar ligasi 2025/2026 mavsumi umumiy bosqichining 8-turida "Benfika"ga qarshi o'yindan (2:4) so'ng jamoasining o'yin oxirida maydondan chetlatilishi yuzasidan jurnalist savoliga javob berdi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 90+2-daqiqasida madridliklar himoyachisi Raul Asensio ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi. Oradan besh daqiqa o'tib esa braziliyalik hujumchi Rodrigo ham ikkinchi "sariq" orqali chetlatildi.

"O'yin oxiridagi chetlatishlarmi? Men juda xafaman. Bu erda gap boshqa narsada emas, balki his-tuyg'ular ustidan nazoratni yo'qotishda. Jamoa qanday o'ynaganini hisobga olgan holda, hakamlik haqida gapirmayman. Natija uchun javobgarlikni to'liq o'z zimmamga olaman", - deya Arbeloaning so'zlarini keltiradi AS nashri.

Qayd etish joiz, ikki to'p farqi bilan qo'lga kiritilgan g'alaba tufayli lissabonliklar pley-off saralash bosqichiga yo'l oldi. "Real" esa mag'lubiyat sabab top-8 taligidan chiqib kyetib, musobaqaning 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma ola olmadi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: AS