Arauxo: "Xavi "Barselona"ning o'yin falsafasini qaytarishga harakat qilmoqda"

Sherzod Nurmatov
15 okt 2022
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo bosh murabbiy Xavi Ernandes haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"U jamoani qabul qilib olganida, ko'p narsani o'rganishimga to'g'ri keldi, chunki yangi murabbiy yangi g'oyalar bilan, so'nggi bir necha yil ichida bu erda qilinmagan ishlar bilan kelganida, har doim qiyin bo'ladi. U "Barselona"ning o'yin falsafasini qaytarishga harakat qilmoqda va menimcha, hozir bu ish o'z samarasini bermoqda. Xavining kelishi bilan o'sishda davom etdim va bugun o'zimni juda qulay his qilyapman", – dedi Arauxo.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca