AQSHlik kibersportchilar 2018 yilda 28 mln. dollar yutib olishdi. Biznikilarchi?

Aslanov Jasurbek
1 yanv 2019
Esportsearnings sayti yakunlangan 2018 yilda kibersportchilar qancha daromad topganini e'lon qildi.

Jamoaviy hisobotlarda OG 2018 yilda eng ko'p daromad topgan jamoaga aylandi. Ular yozda o'tkazilgan norasmiy jahon chempionati - The International 2018da g'alaba qozonib, 11 mln. dollarni uyga olib ketishdi.

Davlatlar reytingida esa amerikaliklar yetakchilik qilmoqda. AQSH kibersportchilari 2018 yilda 28 mln. dollar yutib olishdi.

Kibersport. 2018 yilda eng ko'p mukofot puli yutib olganlar
O'rinMamlakatYutuq pullariKibersportchilar soni
1AQSH$28,037,479
3126
2Xitoy$16,008,984
1066
3Janubiy Koreya$13,430,910
1076
4Daniya$10,389,183
363
5Finlyandiya$7,311,212
286
6Rossiya$6,850,859
631
7Shvetsiya$6,284,712
510
8Fransiya$6,041,818
846
9Kanada$4,681,313
515
10Germaniya$4,126,316.51
670


O'zbekistonlik kibersportchilar 2018 yilda 5730 dollar yutib olishdi. Reytingda O'zbekiston 90-o'rinni egalladi. 5730 dollar uch nafar kibersportchi hissasiga to'g'ri keldi (SANJI, CEKKA, Plum).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: esportsearnings.com