AQSH murabbiyi: "Hali ish bajarilmadi. Eronni yutishimiz kerak"

Aziz Tukhtamuradov
26 noya 2022
AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Gregg Berxalter Angliyaga qarshi o'yindan so'ng (0:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Jahon chempionatidagi o'yinda gol o'tkazib yubormaslik doimo yaxshi. Ammo men gol ko'rishni istagandim, standart vaziyatlardan bo'lsada. 

Natijadan faxrlanamiz. Ammo ish hali bajarilmadi. Seshanba kungi o'yinda Eronni yutishimiz kerak. 

Pley-offga chiqish uchun besh ochko etishini bilamiz. Shuning uchun ushbu vazifani bajarishimiz lozim", - dedi Gregg Berxalter. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC