AQSH futbol federatsiyasi FIFA prezidentligi uchun saylovda Al-Husaynga ovoz beradi

Aslanov Jasurbek
29 may 2015
AQSH futbol federatsiyasi prezidenti Sunli Gulatining takidlashicha, bugun FIFA prezidentligi uchun saylovda u Iordaniya shahzodasi Ali Al-Husaynga ovoz beradi.

"Biz Al-Husaynga ovoz beramiz. So'nggi bir necha yil davomida men u bilan yaxshi tanishib oldim. U FIFA ijro qo'mitasining faol a'zosi hisoblanadi. Saylov qiziq bo'lishi aniq" - deydi Gulati.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com