AQSH ayollar termasining 2 yillik ananasini O'zbekiston termasi buzib qo'ydi

Mirjalol Normatov
10 apr 2022
Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi Kolambus shtatida AQSH ayollar termasiga qarshi bahs olib bordi.

Okean ortidagi o'yinda termamiz garchi 1:9 hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, mezbonlarning bir ananasini buzib qo'yishdi.

AQSH ayollar termasi 2 yil davomida o'z maydonidagi o'yinlarda umuman gol o'tkazmayotgandi. Bu esa 27 soat 10 daqiqani (taxminan 18 o'yin) tashkil qilayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA