Aprel oyining eng chiroyli goliga nomzodlar e'lon qilindi

Tolibjon Qosimov
7 may 2018
Championat.asia sayti va PFL joriy mavsum Superligada oyning eng yaxshilarini birgalikda aniqlashni boshlab yuborganidan xabaringiz bor.

Demak, PFL hamda Championat.asia aprel oyining eng chiroyli golini aniqlash uchun so'rovnoma boshlanganini e'lon qiladi.

Aprel oyining eng chiroyli goliga jami 9 nafar futbolchi o'z zarbalari bilan davogarlik qilishadi:

5-tur: Shahzod Shaymanov. “Metallurg” - “So'g'diyona” 2:0

5-tur: Salamat Qutiboev. “Buxoro” - “Paxtakor” 1:0

6-tur: Izzat Abdullaev. “So'g'diyona” - “Navbahor” 3:2

6-tur: Sardor Sobirxo'jaev. “Bunyodkor” - “Metallurg” 3:1

7-tur: Bahodir Nasimov. “Buxoro” - AGMK 4:2

7-tur: Arslonmurod Amonov. “Buxoro” - AGMK 4:2

9-tur: Zabihillo O'rinboev. “Metallurg” - “Buxoro” 2:1

9-tur: Artur Gevorkyan. “Qizilqum” - AGMK 3:0

9-tur: Elguja Grigalashvili. “Qizilqum” - AGMK


Mart oyi yakunlariga ko'ra “Navbahor” a'zosi Azizbek Turg'unboevning AGMK darvozasiga jarimadan urgan goli eng chiroyli deb topilgandi. Bu safar davogarlar orasida AGMK darvozasiga urilgan yana 4ta gol bor.  

Eslatma. Aprel oyining eng yaxshilariga Superliga klublari bosh murabbiylari hamda sardorlari ovoz beradi. Shuningdek, Championat.asia nashri muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazadi. Murabbiy va sardorlar ovoziga ko'ra eng yaxshilarga 1-3 ochko beriladi. Muxlislarning ovozi esa o'rniga qarab 2-6 ochkoga o'tadi.

TAS-IX



TAS-IX emas







Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia