APLning yana bir klubi o'z transfer rekordini yangilashi mumkin

18 iyul 2019, 09:40
Joelinton APLga ko'chib o'tishi mumkin.

“Xoffenxaym” hujumchisi Joelintonning xizmatlariga “Nyukasl” jiddiy qiziqib qoldi.

“Qarg'alar” futbolchi uchun nemis klubiga 36 mln funt to'lashga tayyor. Agar bu xarid amalga oshsa, u holda Joelinton “Nyukasl” tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi.

O'tgan mavsum 22 yoshli forvard Bundesliganing 28 ta o'yinida maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.


Manba: Sky Sports