APLning uch klubi "Seltik" forvardi uchun davogarlik qilmoqda

Alisher
2 mar 2021, 16:04
"Seltik" hujumchisi Odsonn Eduar faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

23 yoshli futbolchining xizmatlariga "Lester", "Arsenal" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirishmoqda.

Qayd etish kerakki, Eduar PSJ akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Shotlandiya klubida 2018 yildan beri o'ynaydi.

Odsonn joriy mavsum Shotlandiya chempionati doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol (5tasi penaltidan) va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Leicester Mercury