APLning TOP klublari qiziqqan futbolchi jamoasi bilan yangi shartnoma tuzdi

Khoja
23 okt 2024
Nyukasl klubi Entoni Gordon bilan kelishuvni uzaytirganini e'lon qildi.

Futbolchi va klub amaldagi shartnomani 2029 yilning yoziga qadar uzaytirishdi. Endilikda Gordon jamoaning eng ko'p pul oluvchi futbolchilardan biriga aylandi.

Ma'lumot uchun, Entoni 2023 yilning yanvar oyida Evertondan 45 million funt evaziga o'tgandi. U 74 o'yinda 15ta gol va 11 assist qayd etdi.




KhojaMuallif
Manba: championat.com