APLning ikki klubi "Feyenoord" hujumchisiga qiziqmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
22 apr 2025, 17:44
"Tottenxem" va "Bornmut" "Feyenoord" va Niderlandiya U-19 termasi hujumchisi Zepikeno Redmondga qiziqish bildirmoqda.

Ularga Bundesliga klublari raqobat qiladi.

Redmondning "Feyenoord" bilan shartnomasi iyungacha amal qiladi. Joriy mavsum 18 yoshli forvard 9 ta o'yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Avvalroq, "Tottenxem" "Ayntraxt" kiperiga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: footballinsider247.com