APLning ikki grandi Yamalni kuzatmoqda

Alisher
5 apr 2025, 22:52
"Manchester Siti" va "Liverpul" "Barselona"ning ispaniyalik vingeri Lamin Yamalni kuzatib bormoqda.

Inglizlar futbolchini qo'lga kiritish juda qiyin bo'lishini tushunib turibdi. Yamal uchun "Barselona" bilan shartnomani uzaytirish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Lamin Yamal joriy mavsum "Barselona" safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 19 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali ispaniyalikni 180 mln evroga baholamoqda. Kataloniyaliklar xo'jayinlari yozda futbolchi bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com