APLning 8-tur o'yinlari va "Arsenal"ning ELdagi uchrashuvi Elizaveta II ning dafn marosimi tufayli qoldirilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
12 sen 2022
Angliya Premer-ligasi 8-turi va "Arsenal"ning Yevropa Ligasi doirasidagi PSV bilan o'yini qoldirilish arafasida.

Elizaveta II motam marosmimi munosabati bilan kelasi payshanbaga belgilangan Yevropa Ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan “Arsenal” – PSV o'yini policiya etishmasligi sababli qoldirilishi mumkin.

Shuningdek, APLning 8-tur uchrashuvlari ham so'roq ostida turibdi. Ularni boshqa sanaga ko'chirishishlari mumkin, chunki 19-sentyabr, dushanba kuni bo'lib o'tadigan Elizaveta II ning dafn marosimini tashkil qilish policiyaning katta resurslarini talab qiladi, deb yozdi "The Telegraph".

UEFAning fikricha, "Arsenal" o'yinidan tashqari yevropakubokning barcha bahslari belgilangan tartibda o'tkaziladi.

Avvalroq Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan "Reynjers" – "Napoli" uchrashuvi 13 sentyabrdan 14 sentyabrga ko'chirilgandi. Shuningdek, marhum qirolichaga hurmat belgisi sifatida APL 7-turidan o'rin olgan barcha o'yinlar qoldirilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph