APLdan yana bir himoyachi "Liverpul" taklifini rad etib, "Real"ni tanladi

Sherzod Nurmatov
1 yanv 2026
"Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi yangi klub tanlashda Madridning "Real"iga ustunlik bermoqda.

Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Uzoq vaqt davomida Gexi "Liverpul"ning transfer maqsadi bo'lib keldi. "Qizillar" o'tgan yozdayoq futbolchini safiga qo'shmoqchi edi, ammo londonliklar bosh murabbiyi Oliver Glasner o'yinchini jamoada saqlab qolishni talab qildi.

Angliyalik himoyachi shartnoma bo'yicha oxirgi yilini o'tkazayotgani sababli kelajagi haqida mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli markaziy himoyachi "Liverpul" emas, balki "Real"ga o'tishni afzal ko'rmoqda.

Qizig'i shundaki, "qirollik klubi"ga o'tish variantiga hatto "qizillar"ning amaldagi futbolchisi - himoyachi Ibraima Konate ham moyil ekani aytilmoqda. U haligacha "Liverpul" bilan bitimni uzaytirgani yo'q. Endi barchasi "qaymoqranglilar" qaroriga bog'liq bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS