APLda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishga nomzodlar e'lon qilindi

Tolibjon Qosimov
14 apr 2018
Angliya professional futbolchilar Associaciyasi (PFA) davom etayotgan mavsumda APLning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishga davogarlarni e'lon qildi.

Unga ko'ra, 6 nafar o'yinchi Premer-ligada eng yaxshi yosh o'yinchi bo'lishga nomzod.

APLda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishga nomzodlar:

Markus Reshford, "Manchester Yunayted"
Xarri Keyn, "Tottenxem"
Rayan Sessenon, "Fulxem"
Ederson Moraes, "Manchester Siti"
Rahim Sterling, "Manchester Siti"
Leroy Sane, "Manchester Siti"


O'tgan yil ushbu sovrinni "Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli qo'lga kiritgan edi.

Sizningcha, joriy mavsum APLda kim eng yaxshi yosh o'yinchi bo'lishi kerak?


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/PFA