​APLda o'ynovchi 3 markaziy himoyachi "Real" short-listida

Sherzod Nurmatov
21 fev 2025
Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasida markaziy himoyachi sotib olmoqchi.

"Qaymoqranglilar"ning short-listiga APLdan himoya chizig'ining birato'la 3 vakili – Ibraima Konate ("Liverpul", Jarred Brentueyt ("Everton") va Din Xyoysen ("Bornmut") kiritilgan.

Avvalroq Brentueyt transferi madridliklarga 75 mln evroga tushishi mumkinligi xaqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: besoccer.com