APLda fantastika! 50-daqiqada 0:3 hisobida ortda borayotgan "Bornmut" yakunda g'alaba qozondi

Administrator
14 mar 2024, 03:25
"Og'zidagi oshni oldirgan" jamoa - "Luton".

Angliya premer ligasi 17-turida fantastik kambek qayd etildi. YCHL kechasida deyarli hech kim e'tibor qilmagan o'yinda "Bornmut" uchta to'p farqi bilan g'alaba qozonayotgan "Luton"ni yakunda "qon yig'latdi".

Bornmut – Luton 4:3 (0:3, 4:0)

Gollar: 0:1 – 9 Chong, 0:2 – 31 Ogbene, 0:3 – 45 Barkli, 1:3 – 50 Solanke, 2:3 – 62 Zabarnyy, 3:3 – 64 Semeno, 4:3 – 83 Semeno.

Bornmut – Neto, Smit (Adams, 71), Mifem, Zabarnyy, Kristi (Xill, 90), Kuk, Skott (Unal, 46), Uattara, Sinisterra (Taverne, 46), Solanke (Billing, 90), Semeno.

Luton – Kaminski, Kabore, Berk, Xasioka (Raddok-Mpanzu, 68), Mendji, Dauti, Barkli (Berri, 88), Klark, Chong (Vudrou, 73), Ogbene (Taunsend, 88), Morris.

Ogohlantirishlar: Klark (30), Ogbene (66), Smit (69).


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia